Jahon | 14:22 / 18.02.2017
8744
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston prezidenti Soros jamg‘armasi asoschisi bilan uchrashmoqchi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Germaniyaning Myunxen shahriga yetib keldi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.
Xabar aytilishicha, Myunxenda qirg‘iz davlati rahbari Soros jamg‘armasi asoschisi bilan qisqacha uchrashuv o‘tkazmoqchi.
Almazbek Atamboyev bugun, 18 fevral kuni Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar o‘tkazib, xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanida ham ishtirok etadi.
Joriy yilda Myunxen anjumanida asosan Yaqin Sharqdagi xavfsizlik masalalari, Donbassdagi vaziyat, Shimoliy Koreya tomonidan ortib borayotgan tahdidlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Anjumanda taxminan 500 kishi ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 26.08.2022
Atamboyevga davolanish uchun Moskvaga borishiga ruxsat berilmadi
20:09 / 28.06.2022
Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
18:45 / 16.06.2022
Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
07:49 / 03.06.2022