Sport | 21:02 / 18.02.2017
7740
2 daqiqa o‘qiladi

La-liga. «Atletiko» Kevin Gameyroning noyob natijasi evaziga g‘alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan biri nihoyasiga yetdi. Unda Xixonning «Sporting» jamoasi «Atletiko»ni qabul qildi.

«El-Molinon» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi — 4:1.

Uchrashuvning 80-daqiqasiga qadar teng kurash kechayotgan Yannik Ferreyra-Karrasko tomonidan kiritilgan golga Serxio Alvares javob qaytargandi. Biroq, 80-daqiqadan boshlab 85-daqiqagacha Kevin Gameyro uch marta to‘p kiritib, jamoaga muhim g‘alabani keltirdi.

«Atletiko» ushbu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 45taga yetkazib oldi va jamoa 4-o‘rinda bormoqda. «Sporting» (16 ochko) esa 18-o‘rinni «Granada» bilan bo‘lishib turibdi.

Ispaniya la-ligasi, 23-tur

Sporting Xixon – Atletiko 1:4 (0:0)
Gollar:
Alvares (49) – Ferreyra-Karrasko (46), Gameyro (80, 81, 85).
Sporting Xixon: Kuelyar, Amorebeta, Xorxe Mere, Kanelya, Duglas Pereyra, Gomes (Chop, 84), Mikel Vesga, Burgi (Rodriges, 84), Alvares, Kastelyano, Traore (Kastro, 76).
Atletiko: Moyya, Savich, Filipe Luis, Vrsalko, Lyuka Ernandes, Ferreyra Karrasko (Parti, 68), Gabi, Korrea (Saul, 62), Koke, Grizmann, Torres (Gameyro, 62).
Ogohlantirishlar: Mikel Vesga (57), Parti (72).

Mavzuga oid