Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myunxenda “normand to‘rtligi” muzokaralari boshlandi: Ukrainaning pozitsiyasi qanday?
Foto: AFP
Germaniyaning Myunxen shahrida Ukraina, Germaniya, Fransiya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Donbassdagi vaziyat bo‘yicha muzokaralarni boshlashdi. Muzokaralar xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumani doirasida o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin ushbu uchrashuvdan jiddiy nimanidir kutmayotganini ma'lum qilgandi.
"Uchrashuvdan jiddiy nimanidir kutayotganim yo‘q. Bizda xavfsizlik sohasi bo‘yicha taklif bor, biz gumanitar o‘lchovga asta-sekin bosim o‘tkazamiz, “yo‘l xaritasi” masalasini ko‘taraman", - dedi u Myunxenga yetib kelganidan so‘ng.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina muzokaralarda ikkita muhim masala – xavfsizlik va gumanitar sohani ko‘tarmoqchi. Xususan, gap YeXHT missiyasiga Donbassning barcha hududiga kirish imkonini berish, shuningdek uning chegaraga chiqishi haqida boradi.
"Bu ikkita ustuvor masala. Germaniya TIV rahbari uchun esa bu birinchi uchrashuv nafaqat mazmunga nazar solish imkonini beradi", - dedi Klimkin.
Ma'lumki, TIV rahbarlarining “normand shaklidagi” so‘nggi uchrashuvi 2016 yilning noyabrida Minsk shahrida bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
15:09 / 13.01.2026
Norvegiya Ukrainaga 340 mln yevro yordam ajratmoqda
13:02 / 13.01.2026
Ukraina litiy qazib olish huquqlarini amerikalik investorlarga berdi
10:43 / 13.01.2026
Rossiyaning Ukrainaga zarbalari: Xarkivda kamida ikki kishi halok bo‘ldi
19:15 / 12.01.2026