Jahon | 23:48 / 18.02.2017
15400
1 daqiqa o‘qiladi

«Normand to‘rtligi» o‘z tarkibiga AQShni kiritishni istamadi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel "Normand to‘rtligi" formati AQSh timsolida 5-ishtirokchi bilan kengaytirilmaydi, deb xabar bermoqda "Ukrainskiye novosti" nashri.

Gabriel bu haqda to‘rtlikka kiruvchi davlatlar (Ukraina, Rossiya, Fransiya va Germaniya)  tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi natijalariga ko‘ra aytdi. 

"Biz Reks Tillerson bilan suhbatlashdik. Biz AQSh bilan yaqindan aloqa bo‘lishiga kelishib oldik. Fikrimizcha, mavjud formatni saqlab qolish kerak va AQSh bunga rozi bo‘ldi", deb aytdi Gabriel.

Lavrovning aytishicha, Minsk kelishuvlarining muqobil shakli mavjud emas.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid