Jamiyat | 14:10 / 20.02.2017
12432
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahri kuranti yangilandi

Samarqand shahridagi «Samarqand» temir yo‘l vokzalining diqqatga sazovor jihatlaridan biri vokzal hududiga o‘rnatilgan kurant hisoblanadi. U shaharning yana bir o‘ziga xos timsoliga aylandi, deb yozmoqda 24post.uz.

«Samarqand» vokzali rahbari Aziz Tursunovning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilda ushbu xronometr yangilangan bo‘lib, uning texnik xususiyati ham yaxshilangan. 

«Endilikda shahar keluvchi va ketuvchi yo‘lovchilar kecha yoki kunduzi bo‘lsin neonli siferblatlarga ega kurantdan soatlarini to‘g‘rilab olishadi», — degan Tursunov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilarning talablaridan kelib chiqqan holda vokzal hududida Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirilgan.

Rasmiy ma'lumotlarga binoan, har kuni 1500-2000 kishi vokzal xizmatidan foydalanadi. Ushbu temir yo‘l vokzalidan halqaro va respublika miqyosidagi tezyurar va o‘ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi.  

Mavzuga oid