Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya dunyo futboli afsonasiga qarshi ish ochdi. Jiddiy ayblov
Germaniyalik sobiq futbolchi 2006 yilgi JCh tashkiliy qo‘mitasi raisi Frants Bekkenbauer 2010 yilgi jahon chempionati mezbonini aniqlash jarayonida FIFAdan 1,7 mln yevro mablag‘ olgan. Bu haqda ARD nemis telekanali xabar tarqatdi.
Qayd qilinishicha, Bekkenbauer Janubiy Afrika futbol federatsiyasiga mezbonlikni qo‘lga kiritish va uni o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar berib turgan. Yakunda JAR musobaqani o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Pul nemis mutaxassisining Gibraltardagi hisobiga o‘tkazilgan. Bu Shveytsariya huqumatining shubhasiga sabab bo‘lgan.
2016 yilning sentabrida Shveytsariya Bosh prokuraturasi Bekkenbauerga qarshi pulni o‘zlashtirish, noqonuniy yo‘llar bilan uni aylantirish yuzasidan tergov boshlangani haqida xabar berilgandi.
Oldinroq, 2002 yilda o‘sha paytlarda Adidas kompaniyasi rahbari bo‘lgan Rober Lui-Dreyfus «Germany-2006» tashkiliy qo‘mitasi hisobiga 10,3 mln shveysariya franki (taxminan 6,7 mln. yevro) o‘tkazib bergani ma'lum bo‘lgandi. Mablag‘ Germaniyaning musobaqa mezbonligi uchun turli xarajatlariga sarflanishi kerak bo‘lgan. Biroq bu pul hech bir hisobotlarda va soliq deklaratsiyalarida ko‘rsatilmagan. Boshqa manbalarga ko‘ra, bu pul mezbonlik huquqi uchun ovoz beradiganlarni sotib olish uchun pora sifatida ishlatilgan.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
22:04 / 05.01.2026
Shveytsariya Maduro va uning sheriklarining barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
08:31 / 04.01.2026