Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putinni prezidentlikka ilgari surishga hozirlanmoqda
Foto: Reuters
2018 yilgi prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik unda Vladimir Putinning ishtirok etishini hisobga olgan holda olib borilmoqda. Kreml ma'muriyatida bo‘layotgan yig‘ilishlarda, Putin uchun avvalgi kampaniyalarda bo‘lganidan ham ko‘proq odam ovoz berishi kerakligi muhokama qilinmoqda, deb hikoya qilishgan RBK agentligi manbalari.
«Men uning ishtirok etishiga (nomzodini ilgari surishi nazarda tutilmoqda) shubha qilmayman», — degan RBK suhbatdoshlaridan biri.
«Hammasi shundan darak bermoqdaki, boshliq (Putin) saylovlarda qatnashadi. Barcha bu uning so‘nggi muddati bo‘lishini ham tushunib turibdi. 2024 yildan keyin ham qolish uchun u hech narsani o‘zgartirmaydi», — deb qo‘shimcha qilgan boshqa bir federal mulozim.
Kreml ma'muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlardan birida faqatgina Putinning saylanishi emas, balki saylovdan keyingi holat muhim ekani xususida fikr bildirgan. Aniqrog‘i, uning navbatdagi muddatining kun tartibini belgilab olish jiddiy masaladir, deya Kiriyenko so‘zlarining mazmuni bilan o‘rtoqlashgan majlis qatnashchilaridan biri RBKga.
Uning aytishicha, «Kiriyenko so‘zlaridan Putinning so‘nggi muddati haqida gap borayotganini tushunish mumkin edi», — deb xulosa qilgan RBK manbasi.
Rossiya Konstitutsiyasi qatorasiga ikki marta prezidentlik lavozimini egallashni taqiqlaydi. Agar Putin 2018 yilda saylansa, Asosiy qonun talabiga ko‘ra, 2024 yilda vakolati poyoniga yetganidan olti yil o‘tgach 2030 yilda yana nomzodini ilgari surishi mumkin.
Mavzuga oid
16:55 / 23.01.2026
“Jangda o‘layotgan hamyurtlarimiz juda ko‘p” - Ukrainadagi urushdan qochishga muvaffaq bo‘lgan yigit hikoyasi
16:47 / 23.01.2026
Kaya Kallas: “Jazosizlik bo‘lmasligi kerak” - YeI tribunalga 10 mln o‘tkazdi
14:08 / 23.01.2026
Germaniya josuslik ishi bo‘yicha Rossiya harbiy attashesi o‘rinbosarini chiqarib yubormoqda
13:28 / 23.01.2026