Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiada finalida Shahram G‘iyosovni yenggan Yeleusinov professional boksga o‘tdi
2016 yilgi Rio olimpiadasi chempioni, qozog‘istonlik bokschi Daniyar Yeleusinov AQShga kutilayotgan safari tafsilotlarini so‘zlab berdi. Vesti.kz xabariga ko‘ra, u AQShda amerikalik mutaxassislar nazoratida professional boksdagi ilk jangiga tayyorgarlik ko‘radi.
Uning o‘zi Qo‘shma shtatlarga qachon yo‘l olishini aniq bilmasligini tan olgan.
"Hozircha bu borada hali hech nima aniq emas. Menimcha mart oyi boshida. Aniq bilganim shuki, akam va otam menga hamrohlik qiladi (uning akasi professional bokschi Dauren Yeleusinov). Olimpiadadan oldin men Derek Santos rahbarligida shug‘ullangandim. Men u qanday mashg‘ulotlar o‘tkazishi va sportchilarga qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rgandim. U juda yaxshi murabbiy va juda yaxshi odam. U bilan ishlash ajoyib bo‘lgandi", - deya qayd etgandi Yeleusinov.
U shuningdek oilasi uning AQShga yo‘l olishiga yaxshi munosabatda bo‘lgani haqida gapirgan.
"Ular buni to‘g‘ri qabul qilishdi, men oilam bilan AQShga yo‘l olaman. Ular hamisha mening yonimda bo‘lishadi. Men mashg‘ulotlarimni AQShda o‘tkazaman. Albatta, janglardan keyin Qozog‘istonga kelib turaman, ammo asosiy vaqtim u yerda o‘tadi", deya qo‘shimcha qilgan bokschi.
25 yoshli Yeleusinov 2016 yil avgustida Rio-de-Janeyroda Olimpiadada 69 kilogrammgacha vazn toifasida chempion bo‘lgandi. U finalda O‘zbekiston vakili Shahram G‘iyosovni mag‘lub etgandi. Uning professional boksdagi shaxsiy murabbiyi otasi Marat Yeleusinovligicha qoladi. Yeleusinov Floridadagi bazada amerikalik mutaxassislar bilan shug‘ullanadi.


Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi
00:13 / 29.12.2024