Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda MDH ijroqo‘m raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2017 yil 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Raisi – Ijrochi kotibining birinchi o‘rinbosari Viktor Guminskiy bilan uchrashdi.

Suhbat davomida joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zbekistonda MDH tarmoq organlarining boshqa tadbirlarini o‘tkazish jadvali borasida ham fikr almashildi.
Shu kunning o‘zida MDH Ijroqo‘mi delegatsiyasining O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda yuqorida qayd etilgan Hamdo‘stlik TIVK majlisiga tayyorgarlik ko‘rishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
09:45 / 17.10.2025