Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning oylik sayohati Obamaning yillik sayohatiga tenglashdi
Foto:AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp oilasining bir oylik sayohati soliq to‘lovchilarga sobiq davlat rahbari Barak Obama oilasining bir yillik sayohati qiymatiga tushgan. Independent nashri shu haqida xabar berdi.
Prezidentning inauguratsiyasidan keyin Floridadagi Mar-a-Lagoga qilgan uch safari, shuningdek o‘g‘illarining xizmat safarlari mamlakatga 11,3 million dollarga tushdi. Obama oilasining sayohatlarga sarflangan bir yillik xarajatlari esa 12,1 millionni tashkil qilgan.
Nashrning ta'kidlashicha, Tramp bundan avval bir necha marta Obamani xizmat lavozimini o‘tash chog‘ida o‘z sayohatlari uchun soliq mablag‘laridan foydalangani uchun tanqid qilgan.
Mavzuga oid
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
07:40 / 02.12.2024
Savdo korxonalari 10 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi
23:10 / 22.11.2024
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi
12:27 / 22.11.2024