Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TTeSIda Yakkasaroy tuman prokurori talabalar bilan uchrashdi
Joriy yilning 22 fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining madaniyat saroyida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni sodir etilishini oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda institut rektori S.Yunusov, Yakkasaroy tuman prokurori I.Aydusov, Yakkasaroy tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi podpolkovnik F.Haydarov, Yakkasaroy tuman voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi katta inspektori podpolkovnik N.Muinova, Yakkasaroy tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Prmatov, Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi xodimlari, fakultet dekanlari, ma'naviy – ma'rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovinlari institut professor-o‘qituvchilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda asosan, aynan yoshlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayrijtimoiy hatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda yoshlarni turli xil jinoyatchiliklarga sherik bo‘lmasliklari haqida gapirib o‘tildi.


Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026