2016 yilda 30 mingdan ortiq kichik biznes sub'yektlari tashkil etildi
2016 yilning yanvar–dekabrida 31,8 mingdan ortiq kichik biznes sub'yektlari tashkil etildi (bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,1 foizga ko‘pdir). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
2016 yilning yanvar–dekabrida kichik tadbirkorlik (biznes) sub'yektlarining YaIMdagi ulushi 56,9 foizni tashkil qildi (2015 yilning yanvar–dekabrida 56,5 foiz).
2016 yilning yanvar–dekabrida kichik tadbirkorlik (biznes) sub'yektlari tomonidan 19 963,2 mlrd. so‘mlik investitsiyalar (umumiy investitsiyalar hajmining 40,3 foizi) o‘zlashtirildi va 2015 yilning yanvar–dekabriga nisbatan o‘sish sur'ati 122,9 foizni tashkil qildi, shuningdek 20 677,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 70,7 foizi) bajarildi va 2015 yilning yanvar–dekabriga nisbatan o‘sish sur'ati 115,6 foizni tashkil qildi;
Bundan tashqari, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 50 020,8 mlrd. so‘mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 45,0 foizi) yoki 2015 yilning yanvar–dekabriga nisbatan o‘sish sur'ati 116,2 foizni tashkil qildi, 55 057,6 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib (respublika jami xizmatlar hajmining 60,5 foizi), 2015 yilning yanvar–dekabriga nisbatan o‘sish sur'ati 115,7 foizni tashkil qildi;
Chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 89,6 foizi yoki 78 867,4 mlrd. so‘mi (2015 yilning yanvar–dekabriga nisbatan o‘sish sur'ati 117,7 foizni tashkil qildi) shakllantirildi, 3 588,5 mln. AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 28,6 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi, 5 655,9 mln. AQSh dollari (umumiy import hajmining 46,7 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi;
O‘tgan davrda avtomobil transporti yuk aylanmasining 8,2 foizga (respublika jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 85,5 foizi), yo‘lovchi aylanmasining esa 8,1 foizga (umumiy yo‘lovchi aylanmasining 92,2 foizi) ko‘payishi ta'minlandi, shuningdek 10 392,5 ming nafar kishining bandligi ta'minlandi, shu jumladan band bo‘lganlarning 8 212,1 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlar, 2 180,4 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Kichik tadbirkorlikning xususiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar soni esa 9 573,5 ming kishini yoki jami sohada band bo‘lganlarning 92,1 foizini tashkil qildi.
Mavzuga oid
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024
Husanov, Yamal, Guler, Maynu - IFFHS yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da’vogarlarni ma’lum qildi
10:30 / 20.10.2024
2024 yil 9 oyda metroda qancha yo‘lovchi tashilgani ma’lum qilindi
13:47 / 19.10.2024