Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda patrul-post xizmati xodimlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning tegishli buyruqlari talablariga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati saf bo‘linmasining xodimlari o‘rtasida «Xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha» respublika ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV PPX va JTSB PPX bataloni komandiri podpolkovnik Ye.Jumabayev xabar bermoqda.

Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra xodimlar orasida o‘zining yaxshi ko‘rsatkichlari bilan yuqori natijaga erishgan, faxrli birinchi o‘rinni egallagan PPX bataloni xizmat guruhi inspektori kichik serjant M.D.Razaqbergenov birinchi darajali diplom, tanlov kubogi va eng kam oylik ish haqining olti baravar miqdorida, faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan PPX bataloni ijtimoiy-siyosiy ommaviy-madaniy tadbirlarda xavfsizlikni ta'minlash otryadi operatori safdor R.M.Yerimbetov ikkinchi darajali diplom, tanlov kubogi va eng kam oylik ish haqining to‘rt baravar miqdorida hamda faxrli uchinchi o‘rinni egallagan PPX bataloni birinchi otryad militsioner kinologi safdor O.A.Shamuratov uchinchi darajali diplom, tanlov kubogi va eng kam oylik ish haqining ikki baravar miqdorida pul bilan mukofotlandi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026