Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasan Ruhoniy ikkinchi muddatga ham prezident bo‘lmoqchi
Eron vitse-prezidenti Husayn Ali Amiri mamlakatning amaldagi rahbari Hasan Ruhoniyning may oyida ikkinchi marta prezidentlik saylovlarida ishtirok etish rejasi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Bu haqda Frans Press xabar tarqatdi.
"Oxirgi haftalarda janob Ruhoniy prezidentlik saylovlarida ishtirok etish bo‘yicha qaror qabul qildi", deyilgan IRNA agentligi xabarida.
O‘tgan yilning oktabrida mamlakat ichki ishlar vaziri Abdulrozi Rahmoniy Fazliy mamlakatning amaldagi rahbari 2017 yilgi prezident saylovlarida qatnashmoqchi ekanini ma'lum qilgandi. Nomzodlarni ro‘yxatga olish ishlari 10-14 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi, saylovoldi kampaniyasi 27 aprel kuni boshlanadi va 16 mayga qadar davom etadi. Saylov 19 mayga belgilangan.
Mavzuga oid
19:21 / 01.01.2026
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi
10:11 / 29.12.2025
Kosovo saylovlari: hukmron partiya g‘alaba qozondi
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
19:17 / 19.12.2025