Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Andijonda nur sochib turadigan piyodalar o‘tish joylari
Andijon shahrida harakat xavfsizligini ta'minlash uchun, fuqarolar va piyodalar hamda bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida o‘ziga xos chora ko‘rildi.
Bu shaharda piyodalar o‘tish yo‘laklari qorong‘u tushgach, charog‘on bo‘lib turadi. Bu esa tunda transport vositasi haydovchilari e'tiborini oshirib, hushyorlikka undaydi.

Milliy tiklanish ko‘chasidagi 1-umumiy ta'lim maktabi oldidagi piyodalar o‘tish joyi va boshqa hududlarda ana shunday yog‘du taratuvchi yo‘lakchalarni ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, viloyat YHXB tashabbusi bilan ta'lim muassasalari yaqinida yo‘lning qatnov qismiga cariq rang bilan “maktab”, “shkola” yozuvlari tushirilgan.


Mavzuga oid
12:40 / 28.01.2026
Varsovia universiteti Andijondagi filialiga 2 mln dollar investitsiya kiritadi
08:20 / 27.01.2026
Andijonda FVB inspektori 1800 dollar bilan ushlandi
09:02 / 26.01.2026
Andijonda yirik miqdorda giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs ushlandi
18:11 / 16.01.2026