Sport | 18:52 / 26.02.2017
7892
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik ayol fridayving bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

Foto: Anadolu

Turkiyalik Daryo Jan juma kuni Avstriyadagi Vaysenzaye ko‘lining muzlagan sathi ostida 120 metrga sho‘ng‘ib, eng uzoq fridrayvingni (suv ostida nafas olmay turish) amalga oshirdi va Ginnesning rekordlar kitobida yangi rekordni qayd etdi. Bu haqida DailySabah nashrida xabar berildi.

Jan fransiyalik Avrora Assoning 112,3 metrli rekordini ortda qoldirib, o‘z g‘alabasini turk bayrog‘i bilan nishonladi.

1 daqiqa va 47 soniya davomida 35 santimetrli muz ostida nafas olmay turgan ayolni turmush o‘rtog‘i Tayfun Guchen, murabbiy Adnan Yanbay va xavfsizlikni ta'minlovchi  g‘avvoslardan iborat jamoa qo‘llab-quvvatladi. Notarius Yozef Trampitch jarayonni nazorat qilish uchun ishtirok etdi. 

Jan o‘zining dekabrdagi rekordidan ham o‘zib ketdi, o‘shanda u Kash (Antaliya)da 111 metrga sho‘ng‘igandi. Daryo bu rekordini 17 dekabr kuni Kayseridagi terakt natijasida halok bo‘lganlarga bag‘ishladi (musobaqa ham shu kuni bo‘lib o‘tgan). 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid