Dushanbega parvozlar qachondan amalga oshirilishi ma'lum bo‘ldi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi apreldan Toshkentdan Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga reyslarni amalga oshira boshlaydi. 26 martdan joriy etiluvchi MAK yozgi jadvaliga muvofiq, reyslar A320 samolyotlarida haftaning seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
O‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston va Tojikiston 2017 yilning boshidan 1992 yilda to‘xtatilgan aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yishga kelishib olgan edi. Aviareyslar Tojikiston tomonidan — «Somon-Eyr», O‘zbekiston tomonidan — «O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. «Somon-Eyr»ning birinchi reysi 20 fevralga belgilangan edi, biroq tojik aviakompaniyasi zarur hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmagani tufayli bekor qilindi.
Aprel oyidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Lahorga (Pokiston) ham reyslarni ochmoqda – chorshanba va payshanba kunlari. Bundan tashqari, bahor-yozgi jadvalda Nyu-York, Seul, Mineralnyye Vody, Sochi va Ostonaga parvozlar soni ko‘paytiriladi. Dubay, Moskva va Istanbulga parvozlar Boeing-787 Dreamliner laynerlarida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
19:25 / 31.10.2024
Toshkentda issiqlik energiyasi tarifi yana oshirildi
07:30 / 31.10.2024
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
19:41 / 30.10.2024
Toshkentga to‘rtta kirish darvozasi quriladi
09:00 / 23.10.2024