Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahrida “uloq-ko‘pkari” bo‘yicha yirik musobaqa o‘tkazildi
Namangan shahridagi “Otchopar” o‘yingohida milliy xalq o‘yinlaridan sanalgan “uloq-ko‘pkari” bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Ommaviy xalq saylida mezbonlar vakillaridan tashqari Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan kelgan uch yuzdan ziyod mohir chavandoz ishtirok etdi.
Uloq bayramining tantanali ochilishida uning tashkilotchisi, 83 yoshli mehnat faxriysi Yo‘ldoshxon ota Salomov so‘zga chiqib, o‘zbek xalqining qadimiy qadriyat, urf-odat va an'analari sirasiga kiradigan uloq-ko‘pkari yigitlarni mardlik va halollik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. O‘zbekiston Prezidentining yaqinda Qashqadaryoga qilgan tashrifi chog‘ida ot sportini rivojlantirish, zotdor tulpor naslini ko‘paytirishga e'tibor qaratish vazifa sifatida belgilab berilganligini qayd etdi.
Ommaviy uloq bahslarida To‘raqo‘rg‘on tumanidan Karim, Husniddin, Doston, Ulug‘bek polvonlar, Qo‘qon shahridan Behzod chavandoz, Marg‘ilondan Orif polvon, Qarshidan Faxri polvon, Andijondan Islom chavandoz, Samarqanddan Dilshod polvonlar eng ko‘p marrani olib, tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldilar.
Katta bayram, sayilga aylangan “Uloq-ko‘pkari” bellashuvlarida g‘olib chiqqan botir chavandozlar kubok, medallar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Oqilxon DADABOYeV,
jurnalist.
Mavzuga oid
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026
Namanganda ikki “Damas” to‘qnashdi: 1 kishi halok bo‘ldi
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026