Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Tramp mudofaaga xarajatlarning oshirilishini talab qilmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp keyingi moliya yili uchun mamlakat mudofaasi uchun xarajatlarning keskin oshirilishi hisobga olingan byudjyetni shakllantirishni talab qiladi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Nashr 4 nafar yuqori lavozimdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda ta'kidlashicha, Oq uy rahbari shu bilan birga bir qator davlat idoralari, jumladan AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish federal agentligining moliyalashtirilishini qisqartirmoqchi. Imtiyozli ijtimoiy ta'minot va Medicare tibbiy sug‘urtalash dasturlariga xarajatlar o‘zgarishsiz qolishi kerak.
Avvalroq Associated Press axborot agentligi Pentagon kongressga o‘z tuzilmalari va bo‘linmalarining moliyalashtirilishini 30 mlrd dollarga oshirish taklifini topshirganini ma'lum qilgandi. Ma'lum qilinishicha, Barak Obama ma'muriyati vaqtida mudofaa ehtiyojlariga xarajatlar muntazam qisqartirib borilgani hisobga olinsa, kongress umumiy holda uning oshirilishini ijobiy qabul qiladi.
Mavzuga oid
16:21 / 24.04.2026
Pentagon Eron bilan urushdagi ixtiloflar tufayli Ispaniyani NATOdan chetlatishni muhokama qilmoqda
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:28 / 24.04.2026
Reyting: dunyodagi eng yirik 15 ta mudofaa budjeti
08:55 / 23.04.2026