Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Pak Kin Xega qarshi komissiya faoliyati uzaytirilmadi
Koreya respublikasi prezidenti v.b. bosh vazir Xvan Gyo An korrupsiya mojarosi bilan bog‘liq surishtiruv ishlarini olib borayotgan komissiya muddatini uzaytirmaslikka qaror qildi. Mazkur komissiya vazifasidan vaqtincha chetlatilgan prezident Pak Kin Xe atrofida o‘tgan yilning oktabr oylaridan avj olgan mojaro yuzasidan tergov olib borayotgan edi. Bu haqda YTN telekanali xabar qilmoqda.
"Qonun bo‘yicha komissiya uchun ajratilgan 70 kunlik muddat tugashiga bir kun qolganida shunday qaror qabul qilingan. Komissiyaga rahbarlik qilayotgan prokuror 16 fevralda muddatni uzaytirishni so‘ragan edi", - deb qayd etadi telekanal. Xvan Gyo An tergov muddatini yana 30 kunga uzaytirishi mumkin edi.
Muvaqqat prezident ushbu qarori bilan aksar mahalliy kuzatuvchilar bildirgan taxminlarni tasdiqladi. Ko‘plab ekspertlar, bosh vazirning hokimiyatdan vaqtincha chetlashtirilgan davlat rahbariga juda ham sodiqligini aytishgan edi. Shu bilan birga, u konservativ blokning prezidentlik uchun eng salohiyatli nomzodi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil 9 dekabrida Janubiy Koreya parlamenti prezident Pak Kin Xega impichment qo‘llashni ma'qullagan edi. Davlat rahbari korrupsiya va vakolatlarini suiiste'mol qilganlikda ayblangan edi. So‘ngra, mazkur ishni tergov qiluvchi maxsus komissiya tashkil etildi. Komissiya muddati 70 kun bilan chegaralangan, vaqt yetmasligi ma'lum bo‘lsa, yana 30 kunga uzaytirilishi mumkin edi.
Respublika qonunchiligiga ko‘ra, prezidentga e'lon qilingan impichmentni Konstitutsiyaviy sud tasdiqlashi yoki bekor qilishi mumkin. dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Sud mart oyi o‘rtalarida o‘z qarorini e'lon qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026