Jamiyat | 08:40 / 27.02.2017
9463
2 daqiqa o‘qiladi

Taqdimotga kela olmagan eronliklar filmi «Oskar» oldi

AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjyeles shahridagi Amerika kino san'ati akademiyasi mukofoti bo‘lmish «Oskar» kinomukofotini topshirish marosimi boshlandi. Tadbir 13-marta 3300 kishiga mo‘ljallangan Dolby teatrida o‘tkazilmoqda.

«Eng yaxshi xorijiy film» yo‘nalishida «Oskar»ga eronliklarning «Kommivoyajyer» filmi munosib ko‘rildi.

Qayd etish kerakki, ushbu film ijodkorlari rejissyor Asqar Farhodiy va bosh rol ijrochisi Tarane Alido‘stiy AQSh prezidenti Donald Trampning muhojirlar bo‘yicha farmoni tufayli taqdimotga tashrif buyura olmadi.

Farhod Tohiriy 2012 yilda xuddi shu yo‘nalishda «Oskar» olgandi («Nodir va Siminning ajralishi»).

Ushbu yo‘nalishda «Tanna» (Avstraliya), «Bu shunchaki oxir zamon» (Kanada—Fransiya), «Mening yerim» (Daniya—Germaniya), «Toni Erdmann» (Germaniya), «Qirolning tanlovi» (Norvegiya), «Jannat» (Rossiya), «Uvening ikkinchi hayoti» (Shvetsiya) va «Qovoqcha hayoti» (Shveytsariya) filmlari ham g‘oliblikka da'vogarlik qilgandi.

2016 yilda Kinoakademiyaning chet tilidagi eng yaxshi film mukofotiga talabgor 85 ta film ilgari surilgan edi.

Mavzuga oid