Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriyadan qachon ketishi ma'lum qilindi
Turkiya Suriya hududidan Manbij olinmaguncha va o‘z chegaralari yaqinida xavfsiz hudud barpo qilinmaguncha ketmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti maslahatchisi Ilnur Chevik ma'lum qilgan.
"Manbij va uning atrofidagi hududning 80 foizi Kurd ishchilar partiyasi jangchilari nazoratida bo‘lib turibdi. Turkiya arablarni Manbijga qaytarish va hududni kurd jangarilaridan tozalash uchun barcha ishni qiladi. Manbij egallangach, Turkiya Suriyadagi harbiy amaliyotini yakunlaydi", — degan Chevik Turkiya va Rossiya munosabatlariga bag‘ishlangan konfererntsiya vaqtida.
U Turkiya o‘zining janubiy chegaralarida 90 kilometrlik masofada xavfsiz hudud barpo qilinishiga erishmoqchi ekanini qo‘shimcha qilgan.
"Lataqiya esa biz uchun muammo emas. Lataqiya hamisha Suriya hukumatida bo‘lib kelgan. Rossiya biz uchun do‘st davlat, biz Lataqiyada ruslarning harbiy bazasi bo‘lishiga qarshi emasmiz. Aksincha, u yerda ruslarning bo‘lishi mintaqadagi barqarorlikni ta'minlaydi", - degan Chevik.
Mavzuga oid
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:09 / 10.03.2026
Quruqlikdan bosqin ehtimoli: Eron bunga qanchalik tayyor?
19:10 / 04.03.2026
CNN: AQSh ma’muriyati Erondagi kurdlardan rejimga qarshi foydalanmoqchi
10:04 / 31.01.2026