Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jonivorlar shahri» «Oskar»ga munosib ko‘rildi
«Jonivorlar shahri» AQSh kinoakademiyasining «Eng yaxshi animatsion film» yo‘nalishida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi.

Mukofotga «Moana», «Kubo. Samuray haqida afsona», «Qizil toshbaqa» va «Qovoqning hayoti» kabi animatsion filmlar ham da'vogarlik qilgandi. Mukofotni olish uchun chiqqan ijodkorlar bu multfilm orqali jonivorlar hayotini ko‘rsatib berish orqali insonlarni tolerantlikka chorlashni maqsad qilishgani haqida gapirishdi.
Mukofotlar 24 ta nominatsiya bo‘yicha topshiriladi. Amerikalik kinorejissyor Demen Shazellning «La-La Lend» filmi favorit bo‘lib hisoblanmoqda, u 14 ta yo‘nalish bo‘yicha «Oskar»ga da'vogarlik qilmoqda. Nominatsiyalar soni bo‘yicha kartina avvalgi rekordchi — Jyeyms Kemeronning «Titanik» filmi bilan tenglashdi.
Mavzuga oid
15:24 / 19.03.2026
RF Talankinning filmi yuzasidan “Oskar” tashkiliy qo‘mitasiga murojaat qildi
12:45 / 16.03.2026
«Jang ortidan jang» va «Janob Hech kim Putinga qarshi». «Oskar»ning barcha g‘oliblari
09:11 / 16.03.2026
“Janob Hechkim Putinga qarshi” filmi “Oskar”ni qo‘lga kiritdi
16:27 / 02.02.2026