Jahon | 17:29 / 28.02.2017
9077
1 daqiqa o‘qiladi

Putin «belaruslik do‘stlar» bilan bahslarni tabiiy holat deb atadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘shni mamlakatlar, jumladan Rossiya va Belarus o‘rtasidagi bahslarni tabiiy holat deb bilishini ma'lum qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Bahslar har doim bo‘lgan, hamda mening ishonchim komilki, biz eng murakkab vaziyatlardan ham chiqish yo‘lini topamiz», - deya ma'lum qildi Putin.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, «bahslar tabiiy holatdir, sababi har bir tomon o‘z manfaatini himoya qiladi».

«Bizda belaruslik do‘stlarimiz bilan ham bahslar bor hamda ushbu bahsli masalalarni hal qilish yo‘llari qidirilmoqda», - dedi u.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich Rossiya va Belarus o‘rtasida gaz masalasi bo‘yicha ziddiyat borligini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid