Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti IHTning 13-sammitida ishtirok etadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Pokistonga rasmiy tashrif bilan yo‘l oldi. Turk davlati rahbari mahalliy vaqt bilan soat 12:00da Istanbuldan Islomobodga parvoz qilgan. Bu haqida "Anadolu" nashri xabar berdi.
Erdo‘g‘an Islomoboddagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning 13-sammitida ishtirok etadi.
Otaturk xalqaro aeroportida davlat rahbarini Turkiya buyuk milliy majlisi (parlament)ning rais o‘rinbosari Ahmad Oydin, Istanbul provinsiyasi gubernatori Vasip Shahin, politsiya boshqarmasi boshlig‘i Mustafo Chalishkan, Adolat va taraqqiyot partiyasining Istanbul bo‘limi raisi Salim Temurjiy va boshqa rasmiy vakillar kuzatib qolishdi.
Turkiya prezidentining Pokistondagi tashrifi davomida unga turmush o‘rtog‘i Amina Erdo‘g‘an, iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi, energetika va tabiiy resurslar bo‘yicha vazir Barot Olbayroq, transport, kemasozlik va kommunikatsiya vaziri Ahmad Arslon, HK bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar hamrohliq qilishmoqda.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026