IShIDning kuni bitdi: Tashkilot rahbari mag‘lubiyatni tan oldi
IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z tarafdorlariga xayrlashuv nutqi yo‘lladi. U oxirgi oylardagi jangovar harakatlar oqibatida tashkilot yengilganini tan olib, jangarilarni tog‘li hududlarga ketib yashirinishga chaqirgan. Bu haqda Naynava viloyatidagi manbaga asoslangan holda Alsumaria telekanali xabar tarqatdi.
"Al-Bag‘dodiy o‘z vidolashuv nutqida tashkilotning hozirgi holati haqida gapirgan. U jangarilar Naynavada va Iroqning boshqa hududlarida mag‘lub bo‘lishgani haqida gapirgan", degan manba.
Bundan oldingi xabarlarda Al-Bag‘dodiy Mo‘sulning g‘arbiy qismidan chiqib ketgani ma'lum qilingandi.
Biroz oldinroq, Iroq qo‘shinlari Mo‘sulni tashqi dunyo bilan bog‘lab turgan oxirgi yo‘lni egallashgani ma'lum bo‘ldi va shahar ichkarisida qolgan jangarilar hamda harbiy texnikalarning shahardan olib chiqilishiga imkon qolmadi.
Mo‘sul IShIDning Iroqdagi norasmiy poytaxti hisoblanar, shuningdek, jangarilarning Iroq hududidagi oxirgi tayanch shahri bo‘lib qolayotgandi. Bu shaharni ozod etish uchun quruqlikdagi harbiy yurish o‘tgan yilning 17 oktabridan buyon olib borilmoqda. Iroq armiyasi, shia bo‘linmalari, kurd lashkarlaridan tashqari, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari ham bu yurishda ishtirok etmoqda.
Iroq qo‘shinlari Mo‘sulning sharqiy qismini 17 yanvar kuni ozod etishgandi. 24 fevral kuni Iroq hukumati shaharning g‘arbiy qismini egallash uchun yurish boshlagandi.
Mavzuga oid
00:35 / 10.01.2018
Mo‘sulda qo‘lga olingan IShID jallodi pora evaziga qo‘yib yuborildi – OAV
00:43 / 21.12.2017
Mo‘sulni ozod qilish vaqtida halok bo‘lgan tinch aholining haqiqiy soni ma'lum qilindi
11:11 / 04.09.2017
OAV: IShIDning 1300 ga yaqin xorijlik jangarisi Iroq armiyasiga taslim bo‘ldi
15:30 / 27.08.2017