IŞID terrorçilik taşkiloti rahbari Abu Bakr al-Bağdodiy öz tarafdorlariga xayrlaşuv nutqi yölladi. U oxirgi oylardagi jangovar harakatlar oqibatida taşkilot yengilganini tan olib, jangarilarni toğli hududlarga ketib yaşirinişga çaqirgan. Bu haqda Naynava viloyatidagi manbaga asoslangan holda Alsumaria telekanali xabar tarqatdi.
"Al-Bağdodiy öz vidolaşuv nutqida taşkilotning hozirgi holati haqida gapirgan. U jangarilar Naynavada va Iroqning boşqa hududlarida mağlub bölişgani haqida gapirgan", degan manba.
Bundan oldingi xabarlarda Al-Bağdodiy Mösulning ğarbiy qismidan çiqib ketgani ma'lum qilingandi.
Biroz oldinroq, Iroq qöşinlari Mösulni taşqi dunyo bilan boğlab turgan oxirgi yölni egallaşgani ma'lum böldi va şahar içkarisida qolgan jangarilar hamda harbiy texnikalarning şahardan olib çiqilişiga imkon qolmadi.
Mösul IŞIDning Iroqdagi norasmiy poytaxti hisoblanar, şuningdek, jangarilarning Iroq hududidagi oxirgi tayanç şahri bölib qolayotgandi. Bu şaharni ozod etiş uçun quruqlikdagi harbiy yuriş ötgan yilning 17 oktabridan buyon olib borilmoqda. Iroq armiyasi, şia bölinmalari, kurd laşkarlaridan taşqari, AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari ham bu yurişda iştirok etmoqda.
Iroq qöşinlari Mösulning şarqiy qismini 17 yanvar kuni ozod etişgandi. 24 fevral kuni Iroq hukumati şaharning ğarbiy qismini egallaş uçun yuriş boşlagandi.












