Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev qurilishi tugallanmagan obektlarni nazorat qiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilishi tugallanmagan obektlar va bo‘sh turgan sanoat maydonlarini o‘z nazoratiga olmoqda. Bu haqda Podrobno.uz Davlat raqobat qo‘mitasi matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Davlat rahbari “Ishlab chiqarish obektlaridan tadbirkorlar foydalanishini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Hujjat qurilishi tugallanmagan obektlar hamda foydalanilmayotgan sanoat maydonlaridan samarali va ratsional foydalanish uchun ijobiy muhitni yaratishga, kerakli sarmoyalar kiritish, zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga mo‘ljallangan.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, tijorat banklari qarorni ijro etish doirasida yuridik hamda jismoniy shaxslar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obektlar va foydalanilmaydigan sanoat maydonlari asosida investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi ijarachilarga imtiyozli kreditlar taqdim etadi. Kreditlar 12 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilga qadar bo‘lgan muddatga va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasidan oshmaydigan stavkada beriladi.
Hujjatda inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda qurilishi tugallanmagan obektlar va foydalanilmaydigan sanoat maydonlarini aniqlash bo‘yicha hududiy Idoralararo komissiyalar tashkil etish nazarda tutilgan. Davlat raqobat qo‘mitasining tegishli hududiy boshqarmalari ularning ishchi organlari sifatida belgilandi.
Idoralararo komissiyalar qurilishi tugallanmagan obektlar hamda foydalanilmaydigan sanoat maydonlarini belgilangan hududda aniqlash, ularning egalari bilan ishlab chiqarish yoki xizmatlar sohasi obektlarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, yuqorida keltirilgan choralarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalarini”, shuningdek avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obektlar hamda foydalanilmaydigan sanoat maydonlarini xo‘jalik faoliyatiga jalb etishni tezlashtirish mexanizmi Sxemasini ham tasdiqlash ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda besh yo‘nalish bo‘yicha rivojlanishi Harakatlar strategiyasiga ko‘ra, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini kengaytirish hamda yengillashtirish, shuningdek xususiylashtirilgan davlat mulki obektlarida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ijobiy muhitni yaratish nazarda tutilgan.
Avvalroq Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlarini samarali amalga oshirishni ta'minlash maqsadida kichik biznesni rivojlantirish Kafolat jamg‘armasi tashkil etildi hamda davlat mulki obektlarini tadbirkorlik maqsadida ishlatilishi uchun realizatsiyasi jarayoni soddalashtirildi. Bu qaror Strategiyada belgilangan choralarni amalga oshirishda navbatdagi qadam bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026