Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp muhojirlarni ayrim jihatlariga ko‘ra tanlab olishga chaqirmoqda
Foto: AP
AQSh ma'lum bir sifat talablari asosida muhojirlarni tanlash usulini amaliyotga tatbiq etishi kerak. Malakasiz mutaxassislarni kiritgandan ko‘ra, shunday qilish lozim, deb hisoblamoqda mamlakat prezidenti Donald Tramp. U Kongressning ikkala palatasi oldidagi chiqishida shu haqda so‘z yuritdi.
"Past malakali mutaxassislarning immigratsiyasi bilan bog‘liq hozirgi tizimdan voz kechish va ma'lum bir talablarga javob beradigan nomzodlarni tanlash tizimini joriy qilish orqali biz ko‘plab ustunliklarga ega bo‘lamiz", — degan Tramp Kongressdagi ma'ruzasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu hisobsiz dollarlarni tejash, maoshlarni oshirish va oilalar, shu jumladan muhojirlarning oilalariga o‘rta sinf bo‘lishlari uchun yordam berishga imkon beradi".
Tramp, shuningdek, "real va ijobiy immigratsiya islohotini amalga oshirish mumkin", deb hisoblamoqda. Uning fikricha, shunday qilinsa, xavfsizlik mustahkamlanadi va Amerika qonunchiligiga hurmat tiklanadi.
Mavzuga oid
14:58 / 09.01.2026
AQShda respublikachilarning bir qismi Tramp vakolatlarini cheklash tarafdori
19:02 / 06.11.2025
AQSh Kongressi Jyekson-Venik tuzatishini bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi
11:46 / 18.07.2025
Kongress yordam va OAV uchun 9 mlrd dollarni qisqartirishni ma’qulladi
14:34 / 24.06.2025