Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati va tumanlarida bosh militsionerlar o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qancha lavozimlarga yangi tayinlanishlar bo‘ldi. «Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Andijon viloyati, Andijon shahri hamda viloyatning 3ta tumanida ichki ishlar bo‘limlariga yangi rahbarlar tayinlangan.
Andijon viloyat IIB boshlig‘i endilikda Cobirov Shuhrat O‘rinboyevich bo‘lgan. U bungacha Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Parpiyev Shuhrat Bahodirovich esa Andijon shahar IIB boshlig‘i etib tayinlandi, u avval IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i edi.
Shuningdek, Marhamat tumani IIBga Nishonov Muhammadjon Sodiqjonovich, Shahrixon tumani IIBga Yo‘ldoshev Akmal boshliq etib tayinlangan.
Izboskan tumaniga esa Bahromov Bektemir Rahmonovich IIBning yangi boshlig‘i etib tayinlandi, u avval Baliqchi tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlayotgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026