Jahon | 10:43 / 02.03.2017
4572
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviya prezidenti Kubaga tibbiy ko‘rikdan o‘tgani jo‘nadi

Boliviya prezidenti Evo Morales tomog‘idagi muammolar sababli Kubaga tibbiy ko‘rikdan o‘tgani yo‘l oldi. Bu haqda Boliviya prezidenti huzuridagi vazir Rene Martines ma'lum qildi. 

"Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra bizning prezident qardosh Kuba respublikasida oddiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga qaror qilindi", deb aytgan Martines.

Martinesning aytishicha, Morales tomog‘idagi muammolardan ancha vaqtdan beri shikoyat qilib yurgan va uning ovozi deyarli yo‘qolib qolgan. Prezident Kubaga jo‘nashdan oldin La-Pas va Kochabambe shaharlarida ko‘rikdan o‘tgan.

O‘tgan yil Moralesda oyog‘idagi tugunlarni tiklash bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgandi.  U oyog‘ini futbol o‘ynash vaqtida jarohatlab olgandi. Morales 2011 yilda ham xuddi shunday jarohatini operatsiya qildirgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid