Jahon | 00:34 / 02.03.2017
9502
1 daqiqa o‘qiladi

Moldova Moskvadagi elchisini chaqirib oldi

Foto: TASS

Moldova hukumati respublikaning Moskvadagi elchisi Dumitru Bragishni chaqirib oldi. 1 mart kuni vazirlar mahkamasi yig‘ilishida shunga muvofiq qaror chiqarildi. Bu haqida "Lenta.ru" nashri xabar berdi

Moldova TIV diplomatning nima uchun Rossiya poytaxtidagi faoliyatini to‘xtatishi sabablari haqida ma'lum qilmagan. Qonunga muvofiq, hukumat qarori mamlakat prezidenti tomonidan imzolanishi kerak. 

Uch kun avval Dodon AQSh va Ruminiyaning Kishinyovdagi elchilaridan uning faoliyatiga aralashishni bas qilishni talab qilgan. Bunga elchilarning AQSh, Ruminiya va boshqa mamlakatlarning hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida moldovaliklarning ishtirok etmasligi yuzasidan bildirgan fikrlari sabab bo‘lgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid