Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya Rossiyaning harbiy faollashuvi tufayli harbiy xizmatga chaqiruvni tikladi
Shvetsiya hukumati harbiy xizmatga chaqiruvni qisman tiklashga qaror qildi. Shvetsiyada 2018 yildan boshlab umumiy harbiy xizmat qayta joriy etilishi haqida Shvetsiya Mudofaa vazirligi rasmiysi Marinett Radeboga asoslanib, "Bi-bi-si" nashri xabar qilgan.
Shvetsiya qurolli kuchlariga 2018 yilning 1 yanvaridan 4 ming nafarga yaqin yigit-qizlar chaqiriladi. 1999 yilda tug‘ilgan bu yoshlar 13 ming kishi orasidan ruhiy va jismoniy testlar orqali saralab olinadi.
Shvetsiya Mudofaa vazirligi vakili harbiy chaqiriqning tiklanishi "atrofdagi o‘zgarishlar, xususan Rossiyaning harbiy faolligi oshishi va Boltiq bo‘yida tarang vaziyat yuzaga kelgani" bilan bog‘liqdir.
Harbiy xizmatga chaqiriladiganlar 9-12 oy muddat xizmat qiladi. Oxirgi ikki yuz yillik ichida birorta ham qurolli mojaro yuz bermagan Shvetsiyada 2010 yili harbiy xizmatga chaqiruv bekor qilingan edi. 2010 yilgacha Shvetsiyada harbiy xizmat faqat erkaklar uchun majburiy bo‘lgan.
Shvetsiya Finlyandiya kabi NATO tarkibiga kirmaydi, lekin bu ikki mamlakat ham alyans bilan hamkorlik qiladi. Skandinaviyaning yana ikki davlati Norvegiya va Daniya esa NATO a'zolari hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026