Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda diniy ekstremizmga qarshi tadbir o‘tkazildi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida “ Biz yoshlar diniy ekstremizmga qarshimiz” shiori ostida tadbir o‘tkazildi
Tuman madaniyat uyida tashkil etilgan tadbirda hududdagi kasb-hunar kollejlari va umumiy ta'lim maktablarining o‘quvchilari taklif etildi. Jamoat birlashmalari, huquq-tartibot idoralari vakillari ekspert sifatida ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Baxtimurod Karimov yoshlarni diniy ekstremizm oqimlari ta'siridan asrash, shaxs kamolotida, xususan, erishiladigan barcha yutuqlarda asosiy omil chuqur bilim va yuksak ma'naviyat ekani haqida ma'ruza qildi. Shoira Zamira Ro‘ziyeva Vatanni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash har bir farzandning burchi ekanligi haqida gapirib, yurtga muhabbat mavzusidagi yangi she'rlaridan o‘qib berdi.
Yig‘ilganlar e'tiboriga diniy ekstremistik oqimlarning manfur kirdikorlari fosh etilgan videofilm namoyish qilindi.

Iqtisodiyot kolleji talabalari tomonidan mavzu asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi, 17-san'at maktabi tarbiyalanuvchilarining badiiy chiqishlari hamda faol iqtidorli yoshlaridan tashkil etilgan “Ulfatlar” quvnoqlar va zukkolar jamoasi chiqishlaridan iborat konsert dasturi barchada katta taassurot qoldirdi.
Kun.uz sayti muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026