Jahon | 10:48 / 03.03.2017
4361
1 daqiqa o‘qiladi

YeI kengashi Ukraina fuqarolari uchun vizasiz rejimini joriy qilishni ma'qulladi

Yevropa Ittifoqi majlisida Ukraina fuqarolari uchun viza tartibini bekor qilish tasdiqlandi. Endilikda ukrainalik biometrik pasport egalari YeIga 180 kunlik davrning 90 kuni mobaynida biznes, sayyohlik va oilaviy safarlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga bu vizasiz tartib ishlash huquqini bermaydi. Bundan tashqari, vizasiz bordi-keldi tartibi Buyuk Britaniya va Irlandiya hududiga joriy qilinmaydi. 

Malta IIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «Ukraina vizasiz rejim uchun talab etiladigan barcha shartlarni bajardi».

Keyingi qadam Yevroparlamentning soha qo‘mitasi bu borada qaror qabul qilishi bo‘ladi. 

10 fevral kuni Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker yozgacha ukrainaliklar uchun viza masalasi hal etilishi haqida e'lon qilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid