Jahon | 22:19 / 03.03.2017
4473
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an madaniy tanazzulga qarshilik ko‘rsatish kerakligini aytdi

Turk xalqining madaniy o‘zligini anglashini mustahkamlash zarur, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda bo‘lib o‘tgan III Turkiya madaniy kengashining yig‘ilishida.    

"Biz madaniy tanazzulga qarshilik ko‘rsatishimiz lozim. Buning uchun Turkiyaning madaniy va milliy qadriyatlariga urg‘u berish muhimdir", deb aytdi Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘an Turkiyaning milliy madaniyati bilan hech qanday umumiylikka ega bo‘lmagan "madaniy tadbirlar" deb ataluvchi turli tadbirlarga nisbatan ogoh bo‘lish zarurligini 
ta'kidlab o‘tdi.

"Madaniy tanazzul – zamonamizning eng katta muammosi. Jamiyatning madaniy kun tartibini kundalik, eskirgan tadbirlar asosida shakllantirmaslik kerak. E'tiborni uzoq muddatli maqsadlarga qaratish lozim", deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid