Jahon | 15:20 / 03.03.2017
6449
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada tunnel qulagan joydan yana bir jasad topildi

Foto: RIA "Novosti"

Qutqaruvchilar Yangi Moskvada qurilayotgan tunnelning suyuq betonli konstruksiyasining tushib ketishi oqibatida halok bo‘lgan ikkinchi ishchi jasadini topildi. Bu haqda RIA Novosti shahar favqulodda xizmatlaridagi manbaga asosan xabar berdi.

Qutqaruvchilar halok bo‘lgan inson jasadini konstruksiyalarni yig‘ib olish jarayonini yakunlash chog‘ida aniqlashdi. Avvalroq manba favqulodda vaziyat joyida ikkinchi ishchining kiyim qismi topilgani haqida xabar bergandi.

Tunnel Kaluga shossesining 23-kilometridagi 40 kvadrat metrlik joyda kunduz kuni qulab tushdi. Konstruktsiyaning kengligi — 20 metr, uzunligi — 500 metr. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisaga – ishlab chiqarish qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan. Avvalroq halokat oqibatida bir kishi halok bo‘lgani hamda uch inson jarohat olgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid