Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nissan Londonda muqobil avtomobillarini maxfiy ravishda sinovdan o‘tkazdi
Yaponiyaning Nissan konserni 27 fevral kuni Nissan Leaf muqobil modelining London shahrining jamoat ko‘chalari hamda Milton-Kins va Bristol shaharlarida sinovini boshladi.
Mashinalarda kamida bir muhandis bo‘lgan, biroq sinov boshqaruvi davomida xodimlar atigi bir necha marta yo‘nalishga aralashgan. Bundan tashqari, kompaniya vakillarining qayd etishlaricha, o‘tgan kunlar davomida biror marta ham muqobil avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lmagan, deb yozmoqda Metro.
Nissan kompaniyasining bayonot berishicha, muqobil mashinalarini Yevropa yo‘llarida ilk marotaba sinamoqda. Muhandislar avtomobillar uchun murakkab yo‘nalishni tanlashgan. Unda yo‘l belgilari, avtoturargohlar, piyodalar o‘tish joylari, kesishmalari ko‘p bo‘lgan. Muqobil mashinalarning sinov vaqtidagi eng yuqori tezligi soatiga 100 km bilan cheklangan.

Avtomobil 5ta radar, 12ta kamera va 4ta lidar (lazerli radar) bilan jihozlangan. Sinovlar yaxshi o‘tsa, Nissan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun muqobil avtomobillarni ishlab chiqaradi.

Mavzuga oid
09:20 / 28.02.2026
Londonda uchrashuv: O‘zbekiston va BP neft-gaz imkoniyatlarini o‘rganadi
09:50 / 27.02.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda shahzoda Edvard bilan uchrashdi
16:41 / 26.02.2026
Londonda birinchi marta Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda
09:44 / 24.02.2026