O‘zbekiston | 20:03 / 03.03.2017
30728
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning Ashxobodga tashrifi kunlariga aniqlik kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan, 2017 yil 6-7 mart kunlari davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo‘ladi.

Tashrif doirasida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Bundan oldinroq, Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi yaqin kunlar ichida Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Ashxobodga borishi haqida ma'lumot bergandi.

Bu Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti sifatidagi ilk xorij safari bo‘ladi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid