Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ommaviy kitobxonlik haftaligi
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan “Kitob orqali dunyoni kashf etamiz” shiori ostida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xalq ta'limi vazirligi o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini shakllantirish, ularda mutolaa madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirishga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazmoqda.
Haftalik shu yilning 3-8 aprel kunlari respublikadagi barcha umumta'lim maktablari, axborot-resurs markazlarida o‘tkaziladi. Haftalik doirasida:
- ilmiy-amaliy konferensiyalar;
- davra suhbatlari;
- taniqli bolalar shoir va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar;
- yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari;
- mahorat saboqlari;
- turli tanlovlar, viktorinalar, intellektual o‘yinlar tashkil etiladi.
Mazkur loyihaning asosiy vazifasi axborot-kutubxona muassasalari va maktab kutubxonalarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlariga sharoit yaratish, kitobxonlikni eng muhim madaniy ehtiyoj sifatida ommalashtirish, o‘quvchilarda kitobxonlikka bo‘lgan mehrni o‘yg‘otish, oilada va ta'lim muassasasida mutolaa muhitini yuzaga keltirish va ijodkor o‘quvchilarni taqdirlashdan iborat.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan mazkur haftalikni uyushqoqlik bilan va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida maxsus metodik tavsiyanoma ishlab chiqilib, joylarga yetkazildi. Haftalik yakunlari bo‘yicha unda faol ishtirok etgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mavzuga oid
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026