Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastinda 69 nafar farzandni dunyoga keltirgan ayol vafot etdi
Foto: Globallookpress.com
69 nafar farzandni dunyoga keltirgan falastinlik ayol 40 yoshida vafot etdi. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, 26 fevralda mahalliy OAVga ayolning vafot etgani haqida uning turmush o‘rtog‘i ma'lum qilgan. Biroq ayolning vafoti sabablari keltirilmagan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra , ayol dunyodagi eng serfarzand ayol hisoblangan, biroq uning rekordi rasman tasdiqlanmagan.
Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, tarixda eng serfarzand ayol Rossiyaning Shuy shahridan bo‘lgan dehqon Fyodor Vasilevning rafiqasi hisoblanadi. 18-asrda yashagan ayol ham 1725 yildan 1765 yilgacha 69 farzand ko‘rgan. Ta'kidlanishicha, ayol 27 marta ko‘zi yorigan bo‘lib, shulardan 16 tasida 2 nafardan, 7 tasida 3 nafardan, 4 tasida 4 nafardan egizak farzand ko‘rgan.
Mavzuga oid
09:32 / 15.01.2026
O‘zbekistonda Falastinning yangi elchisi qabul qilindi
09:21 / 15.01.2026
AQSh: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi boshlandi
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
22:54 / 01.01.2026