Jahon | 08:45 / 04.03.2017
4387
1 daqiqa o‘qiladi

Kyodo: Tillerson mart oyida Osiyo mamlakatlariga safar qiladi

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ushbu oyda Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Yaponiyaning Kyodo agentligi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, tashrif davomida muhokama qilinadigan asosiy masala KXDR muammosi bo‘ladi. Hozirda, Tillerson safarining aniq sanasi kelishib olinmoqda. 

U Yaponiyaga 17-18 mart kunlari kelishi mumkin. AQSh davlat kotibi Tokioda yaponiyalik hamkasbi Fumio Kisida bilan uchrashadi. Tomonlar, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning Yaponiyaga tashrifi masalalarini ham muhokama qilishadi. 

Reks Tillerson Xitoyda tashqi ishlar vaziri Van I uchrashadi. XXR raisi Si Tszinpin ham uni qabul qilishi mumkin. Seulda esa AQSh davlat kotibi hamkasbi Yun Byon Se bilan Koreya yarim orolidagi vaziyat hamda Kim Chen Nam o‘limi bilan bog‘liq masalani ko‘rib chiqishadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid