Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-liga. «Real» yana peshqadam bo‘lib oldi
Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Real» ikki yetakchisiz «Eybar»da mehmon bo‘ldi.
Krishtianu Ronaldu va Garet Beylsiz harakat qilgan Zidan shogirdlari raqibni osonlik bilan mag‘lubiyatga uchratishdi. Birinchi bo‘limda Karim Benzemaning dubli va Xamesning bitta golini ikkinchi bo‘limda Marko Asensio o‘z goli bilan mustahkamladi. Penyaning yagona javob goli hech narsani o‘zgartirmadi va «Real» yirik hisobda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Real» hisobidagi ochkolar soni 59taga yetdi va jamoa turnir jadvalida yana karvonboshiga aylanib oldi. «Eybar» esa 39 ochko bilan 7-o‘rinda qolmoqda.
Turning yana bir uchrashuvida «Leganes» «Granada»ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Ispaniya La-ligasi
26-tur
Eybar – Real Madrid 1:4 (0:3)
Gollar: Penya (72) – Benzema (14, 25), Xames (29), Asensio (60).
Eybar: Yoel, Ramis, Luna (Arbilya, 55), Kapa, dos Santos, Eskalante, Dani Garsiya, Gonsales (Rivera, 63), Leon (Inui, 87), Penya, Enrich.
Real Madrid: Navas, Pepe, Nacho, Danilo, Ramos, Modrich (Kovachich, 71), Kazemiro, Asensio, Xames (Isko, 75), Vaskes, Benzema (Dias, 65).
Ogohlantirishlar: Eskalante (32), Nacho (62), Kazemiro (65).
Leganes – Granada 1:0 (0:0)
Gol: Machis (83).
Leganes: Yago Errerin, Bustinsa, Riko, Siovas, Mantovani, Pires, Moran (Insua, 90), Shimanovski (Machis, 64), Peres, El-Jar, Gerrero (Lusiano, 77).
Granada: Ochoa, Ingason, Ruben Vezu, Litri, Lomban (Ponse, 86), Serdji Samper, Kuenka, Muborak, Karsela-Gonsales (Kone, 59), Pereyra (Boga, 72), Ramos.
Ogohlantirishlar: Karsela-Gonsales (44), Muborak (64), Moran (82), Riko (90), Siovas (90).