Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp farzandlariga qanday maslahatlar beradi: faqat pul topishni
AQSh prezidenti Donald Tramp farzandlariga siyosat bilan shug‘ullanishni emas, pul topishni maslahat berishi ma'lum bo‘ldi. U Florida shtati Payn Hillsdagi maktablardan birining to‘rtinchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvida shu haqda ma'lum qildi.
Davlat rahbari bilan ushbu safarda birga bo‘lgan jurnalistlarning guvohliklariga ko‘ra, maktab o‘quvchi qizlaridan biri Trampga katta bo‘lganida o‘z kompaniyasini tashkil etishini aytgan. "Mana shu ajoyib g‘oya, - degan prezident. – Va ko‘proq pul topish shundaymi?" "Ammo, keyin siyosat bilan shug‘ullanma", - deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Maktab o‘quvchilari xayrlashish chog‘ida tabriknoma berishgan. Tramp mamnuniyat bilan Florida tashkil etilgan kun munosabati bilan chizilgan suratni olar ekan, "keling, biz sizni hozir mashhur qilamiz", - deya birga suratga tushishni taklif qilgan.
Trampning maktabga tashrifi chog‘ida unga qizi Ivanka turmush o‘rtog‘i Jared Kushner bilan, AQSh ta'lim vaziri Betsi Devos, Florida gubernatori Rik Skott va ushbu shtatdan senator Marko Rubio hamrohlik qilgan.
Mavzuga oid
20:26
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05
AQSh va Eron muzokaralari qanday ketyapti?
17:48