Jahon | 17:25 / 05.03.2017
7828
1 daqiqa o‘qiladi
45 mingdan ortiq kishi Mo‘sul g‘arbini tark etdi
Migratsiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot keyingi 9 kun ichida Mo‘sulning g‘arbiy qismidan 45 mingdan ortiq kishi chiqib ketgani haqida ma'lum qildi. Bu shahar 2016 yil oktabridan buyon Iroq armiyasi qo‘shinlari tomonidan qamal qilinmoqda.
"Mo‘sul g‘arbidan chiqqan kishilarni joylashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Oxirgi 9 kunning o‘zida 7619 oila (45714 kishi) maxsus joylarga joylashtirildi", deyilgan xabarda.
Bundan oldinroq AQSh aviatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Iroq armiyasi Mo‘sulning markaziga hujum boshlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:09 / 13.06.2024
Dunyodagi qochqinlar soni rekord darajaga yetdi
21:22 / 07.11.2023
Germaniya barcha qochqinlarga, jumladan ukrainaliklarga ham to‘lovlarni qisqartiradi
21:32 / 26.10.2023
Dunyodagi qochqinlar soni rekord darajada oshdi - BMT
14:09 / 17.10.2023