Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: AQSh Shimoliy Koreya serverlariga qarshi kiberhujumlar o‘tkazmoqda
Vashington oxirgi 3 yil ichida Shimoliy Koreyaning raketa dasturini izdan chiqarish maqsadida bu mamlakat kompyuter serverlariga qator kiberhujumlarni o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda The New York Times nashri.
Ta'kidlanishicha, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama o‘z prezidentligi vaqtida Pxenyan tomondan o‘tkaziluvchi ballistik raketa sinov parvozlarini yo‘qqa chiqarish uchun unga qarshi kiberhujumlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus dasturni yaratishga buyruq bergan.
Vashingtonning bu siyosati evaziga Shimoliy Koreyaning muvaffaqiyatsizlikka uchragan raketa sinovlari miqdori oshgan: raketalar tez-tez portlab keta boshlagan, yo‘nalishdan og‘ib, manzilga yetib bormay dengizga qulagan.
Nashrning ta'kidlashicha, Pxenyanning oxirgi muvaffaqiyatli raketa sinovlari AQSh maxsus xizmatlarining bunday ta'siri samaradorligi pasayganini namoyish qilmoqda.
Avvalroq Oq uyning Shimoliy Koreyaga nisbatan strategiyasi bo‘yicha ichki ma'ruzasida yadro zarbasi xavfini yo‘q qilish uchun Shimoliy Koreyaga nisbatan kuch ishlatish yoki u yerdagi tuzumni ag‘darish imkoniyati haqida gapirilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026