Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya shimolida minglab kishilar urushdan qochmoqda
BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha boshqarmasi ma'lum qildiki, Suriyada yana 66 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, Suriya shimolidagi Al-Bob va Taduf shaharlaridan 40 mingga yaqin kishi chiqqan.
Bu hudud ayni vaqtda IShIDdan Turkiya hukumati qo‘llab-quvvatlayotgan muxolifat kuchlari nazoratiga o‘tgan.
Yana 26 ming kishi Suriya armiyasi jang olib borayotgan, Al-Bobdan sharqda joylashgan qishloqlardan chiqqan.
Qochqinlarning harakatlanishi qiyinlashmoqda, atrof hududlarga jangarilar minalar o‘rnatgan.
Qochqinlarning aksar qismi AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya demokratik kuchlari nazoratidagi hududlarga yo‘l olgan.
Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan buyon mamlakat aholisining deyarli yarmi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:01
Germaniyadan ixtiyoriy ravishda ketgan qochqinlar soni oshdi
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026