Sport | 17:44 / 06.03.2017
7841
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada 150 million yevrolik hujumchi borligi aytildi

Italiyaning «Torino» klubi prezidenti Urbano Kayro jamoa hujumchisi Andrea Belottining transfer qiymmati borasida to‘xtalib o‘tdi.

«Biz allaqachon Belottining tovon puli miqdori o‘zgartirib qo‘yganmiz. Agar xorij klubini uni sotib olish niyati bo‘lsa va Andreaning o‘zi ham ketishni istasa, uni 100 million yevroga sotishimiz mumkin. Ammo Italiyadagi jamoalar uning uchun 100 million yevrodan ortiq taklif qilishsa ham menda rad javobini berish huquqi bor.

Tovon pulini yana oshiramiz, deb o‘ylamayman, chunki o‘zi yaqinda bu ishga qo‘l urdik. Lekin bugungi kunda yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlanganida aniq tovon pulini 150 millionga ko‘tarib qo‘ygan bo‘lardik. Chunki uning narxi aynan shuncha bo‘lishi kerak.

Belotti – atoqli hujumchi, bugun u («Palermo»ga qarshi o‘yin — Tribuna.Uz izohi) yana bir marta kerak joyda va kerak joyda o‘z iqtidorini namoyish etib berdi», – degan Kayro.

Eslatib o‘tamiz, Andrea Belotti Italiya A Seriyasining 27-turida «Palermo»ga qarshi kechgan uchrashuvda 7 daqiqa-yu 15 soniya ichida 3ta gol kiritib jamoasiga g‘alaba keltirgandi. Hozirgacha A seriyada 24 uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi 22ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid