Jahon | 15:09 / 06.03.2017
12244
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiyada Rossiya elchisini o‘ldirishga aloqador rossiyalik ayol qo‘lga olindi

Foto: AP

Anqarada Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Hurriyet gazetasi huquqni himoya qilish idoralaridagi manbasiga asoslangan holda. U Turkiyadagi rossiyalik elchi Andrey Karlovni otib o‘ldirgan Mavlut Oltintosh bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda. 

Hibsga olingan 33 yoshli ayolning ismi Yekaterina. Tergov tomoni uni noyabr oyi oxirigacha Oltintosh bilan telefon muloqotlarini olib borganini gumon qilmoqda. Bundan tashqari, u WhatsApp messenjeri orqali qotil bilan suhbatlashgan.

Jurnalistlarning uqdirishlaricha, rossiyalik ayol, shuningdek, Anqaraning besh yulduzli mehmonxonalarida intim xizmatlari tashkil etishga aloqador. 

Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi ushbu xabar xususida RIA Novosti agentligiga izoh bera olmagan

Elchi Andrey Karlov 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi fotoko‘rgazma ochilishi marosimida nutq so‘zlayotgan vaqtda otib o‘ldirilgan edi. Turkiya hukumatiga ko‘ra, suiqasdni sobiq politsiya xodimi Mavlut Oltintosh amalga oshirilgan. U mahalliy xavfsizlik kuchlari tomonidan jinoyat sodir etilganidan keyin yo‘q qilingan. Rossiya Tergov qo‘mitasi "xalqaro terrorizm jinoyati" bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi, qotillik rossiyalik va turkiyalik mutaxassislar hamkorligida surishtirilmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid