Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga tezyurar Talgo-250 poyezdi yetkazildi
Rossiyaning "RJD Logistika" kompaniyasi ("RJD" kompaniyasi sho‘'ba korxonasi) individual ishlab chiqqan texnologiyasi bo‘yicha O‘zbekistonga tezyurar Talgo-250 poyezdini yetkazib berdi.
Poyezd va maxsus tarkib Sankt-Peterburgdagi stansiyadan 28 fevralda kechki vaqt yo‘lga tushib, O‘zbekiston temir yo‘lining O‘rtaovul stansiyasiga 4 mart kuni yetib kelgan. Yo‘lga ketgan vaqt 4 kunni tashkil qilgan. Ushbu poyezd Sankt-Peterburg portiga Ispaniyaning Bilbao portidan dengiz tashuvchisi orqali yetkazilgan va bunga 8 kun ketgan.
Talgo-250 o‘z o‘qlarida, biroq elektr tarmoqqa ulanmagan holda, ya'ni o‘chirib qo‘yilgan tormozlar bilan tashilgan. Poyezdga harakatni lokomotiv ta'minlagan, uni tormozlash uchun poyezdning boshida va oxirida joylashgan motor-vagon tarkibi qo‘llangan. Poyezdning tashqi ko‘rinishiga shikast yetmasligi uchun u karton bilan qoplab chiqilgan. Tashish jarayonini O‘zbekiston, Rossiya va Ispaniyadan texniklar va hamrohlik qiluvchi xodimlar brigadasi nazorat qilib borgan.
2017 yil aprelda ikkinchi Talgo‑250 poyezdi ham xuddi shu yo‘l bilan olib kelinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
06:00 / 19.02.2026
Prezident ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bag‘ishlangan marosim va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
05:55 / 19.02.2026
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida investitsiya platformasi tashkil etiladi
05:43 / 19.02.2026